Ochiqlik
Barcha yangi narsalar uchun ochiq bo’lish!Biz doimo rivojlanamiz, barcha yangi narsalar uchun ochiq bo’lamiz va o’zgarishlarga ijobiy qaraymiz. Mijozlar bilan aks aloqani oshkora beramiz va o’z xatolarimizni tan olamiz.
Hayoti davomida, yaxshi pul topish uchun kishi ko’pincha o’z yashashi uchun qulay, o’z o’rgangan sharoitlaridan voz kechadi, imkoniyatlarni boy beradi, bebaho hayot tajribasini ololmay qoladi yoki o’zining haqiqiy istaklari va orzularidan kechishga majbur bo’ladi.
Yaxshiroq turmushni izlab, o’z imkoniyatlarini kengaytirish va amalga oshirish maqsadida kishi o’z uyini qoldirib, o’rgangan turmush tarzini o’zgartirib, o’zining dunyoqarashi ildizlari yashiringan joylarga ketadi.
Biz uchun «Baybol» O’rta Osiyoning bir qismi, kichik Vatan hisoblanadi. Bu go’zal zaminda yashaydigan xalqlar, – juda kuchli, mehnatsevar va g’ayratli kishilardir. Biz buni yaxshi bilamiz, chunki bizning ko’pchiligimiz ham o’z vaqtida ona vatandagi uyini qoldirib, yaxshiroq hayotni izlab Rossiyaga kelgan.
Bizning guruhimiz turli davlatlardan kelgan kishilardan shakllangan, lekin hammamiz umumiy yagona vazifamizni ro’yobga chiqarishga intilishimiz bizni o’zaro birlashtirmoqda: biz imkoniyatlarni kengaytirishni, chegaralar va masofalarni yo’q qilishni, kishilarning turmushi sifatini yaxshilashni, o’zimizga o’xshagan kishilarga yordam berishni istaymiz.
O’z kundalik ishlarimizda biz o’z raqobat madaniyatimizga qarab ish tutamiz, u yaxshiroq bo’lish emas, boshqacha bo’lishdan iborat.
Biz kishilarning imkoniyatlarini kengaytirib, ularning hayotida yangi qadriyatlarni yaratamiz. Biz faqat ona vatanimizdagi o’z uyimizda biz hayotimizni shodlikka va mazmun-ma’noga boyitadigan g’ayrat va ijobiy tuyg’ularni olishimiz mumkinligini bilamiz.
Aynan shuning uchun biz uyingizdan uzoqda, bu yerda, Rossiyada uyingizning bir qismini qayta yaratish yo’lini tanladik. Biz sizning o’z orzularingiz va ishlaringizda erkin bo’la olishingizni istaymiz.
«Baybol» kompaniyaning ijtimoiy missiyasiga o’ziga xos munosabatdan kelib chiqadi, bu vazifa kishilar hayotining sifatini oshirish uchun eng qulay va maqbul shart-sharoitlarni yaratishdan iborat.
Biz imkoniyatlarni kengaytiramiz, chegaralar va masofalarni yo’q qilamiz, moliyadan foydalanish imkonini beramiz. Biz kishilarga o’z orzulari va ishlarida erkin bo’la olishiga yordam beramiz.
Kuchli davlat faqat yiriklashuv va o’zaro munosabatlarni kengaytirish orqali yashashi mumkin! Biz davlatlarning birdamlashuvi va farovonligi tarafdorimiz, moliya esa bu holda maqsad emas, faqat bunga erishish uchun asbob bo’ladi.
Qimmat bo’lmagan, qulay moliyaviy xizmatlar to’plamini shaffoflik va oshkoralik shartlari asosida taklif qilish — hayotingiz sifatini yaxshilash va o’ylagan niyatingizga yetishingiz uchun.
«Baybol» — Rossiya Federatsiyasi fuqarolariga, hamda Qirg’iziston, O’zbekiston va Tojikiston fuqarolariga muddatli moliyaviy xizmatlarni ko’rsatadigan betakror kompaniya.
Ishimizning asosiy tamoyillari biznesning moliyaviy oshkoraligi va shaffofligi, hamda Rossiya Federatsiyasining barcha huquqiy me’yorlariga va qonunlariga so’zsiz rioya qilish hisoblanadi.
Bunday yondashuv bizga nafaqat o’z mijozlarimizga yaqin bo’lishga, balki doimo ular uchun ishonchli hamkor bo’lish qolishga imkon beradi.
«Baybol» kompaniyasi shaxsiy ma’lumotlarga ishlov beradigan operatorlarning reestriga kiritilgan.
«Baybol» o’z mijozlarining shaxsiy ma’lumotlariga yuqori darajadagi mas’uliyat bilan qaraydi, va ularning tegishlicha maxfiyligini ta’minlaydi. Bu esa, biz o’zimizga murojaat qiladigan shaxslarning ma’lumotlari xavfsizligini kafolatlash uchun juda ko’p kuch, vosita va mablag’larni sarflashimizni bildiradi.
Bizda eng a’lo mutaxassislar, menedjerlar, dasturchilar ishlaydi, ularning ixtiyorida eng yangi rabotayut luchshiye spetsialistы programmistы v rasporyajenii kotorыx noveyshiye texnologik tizimlar va jihoz-uskunalar bor, bu esa 100% ishongan holda, mijozlarimizning shaxsiy ma’lumotlari ishonchli himoya ostida ekanligini aytishga asos beradi.
Ro’yxat yozuvining raqami 78-16-003257, 07.09.2016 yil.
Biz doimo rivojlanamiz, barcha yangi narsalar uchun ochiq bo’lamiz va o’zgarishlarga ijobiy qaraymiz. Mijozlar bilan aks aloqani oshkora beramiz va o’z xatolarimizni tan olamiz.
Biz – mijozlar, kompaniya va uning xodimlari farovonligiga g’amxo’rlik qiluvchi fikrdosh kishilar guruhimiz! Biz kelishishni va ishonlli munosabatlarni barpo etishni bilamiz, bir-birimizni qo’llab-quvvatlaymiz va tajribamizni o’rtoqlashamiz.
Biz kelajakni yaratamiz! Biz ishlarimizning natijalari uchun mas’uliyatni qabul qilamiz va yangi tahdidlarga tayyormiz. Bizga hammasi baribir bo’lmaydi.
Biz 100 foiz hamkorlik qilamiz, va resurslarning optimal miqdori bilan eng a’lo yechimlarni izlab topamiz. maksimal natijaga erishishga intilishda muvaffaqiyatga erishamiz.
Biz o’zgarishlarni qutlaymiz, yangi g’oyalarni bemalol taklif etamiz, tashabbus ko’rsatamiz, yangi nostandart yondashuvlarni qo’llaymiz, doimo o’z vakolatlarimizni takomillashtiramiz.